
Buskets bu borada Xavi va Messidan keyin uchinchi
Serxio Buskets "Barselona" safidagi yubiley 700-uchrashuvini o‘tkazdi. 34 yoshli futbolchi Kataloniya klubidan bu ko‘rsatkichga erishgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Ispaniyalik yarim himoyachi "ko‘k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda faqatgina Xavi (767) va Lionel Messi (778) ko‘proq o‘yin o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, Buskets "Barsa"da 2008 yildan beri to‘p tepib kelmoqda. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakunlanadi.
Fikrlar