"Bunyodkor"dagi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyat

  • 18 may, 21:21
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni ajoyib boshlagan "Bunyodkor"ning ishlari so‘nggi paytlarda biroz yomon. O‘tgan turda Qarshida "Nasaf"dan ochko olishga muvaffaq bo‘lgan klub undan oldin o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ga mag‘lub bo‘ldi. 

Tecno

10-turda Zeytullaev shogirdlari "Navbahor"ni o‘z maydonida qabul qilib, yana bir mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Ashortia va Kachorrining gollari etarli bo‘lmadi. Sababi, Jiyanov ikki marta Komilov esa bir marotaba mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. 

Shu tariqa, "Bunyodkor" ketma-ket o‘z uyida ikki marta raqiblaridan ochko ololmadi. Shu bilan birga turnir jadvalida 5-o‘ringa tushib ketdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
18/05/2025 22:25
Навбахор мухлисларига галаба муборак.Олга водий.