
"Bunyodkor" o‘rtoqlik o‘yinida "Neftchi"ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi
Marat Miftaxuddinov murabbiyligidagi «Bunyodkor» navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. «Qaldirg‘ochlar»ning bugungi raqibi Pro liga vakili «Neftchi» bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ilhom Mo‘minjonov murabbiyligidagi farg‘onaliklarga qarshi o‘yin toshkentliklarning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. "Neftchi" darvozasidan javobsiz 3 to‘p olib chiqdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
13 fevral. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni.
«BUNYoDKOR» - «NEFTChI» - 3:0 (2:0)
Gollar: Ibrohim Ibragimov 15, Shahboz Erkinov 20, Xurshid G‘iyosov penalti 60
«Bunyodkor»: Ravshan Yagudin, Ulug‘bek Abdullaev, Abdulla Abdullaev, Davronjon Ergashev, Hasan Yo‘ldoshev, Farrux Ikromov, Sanjar Rashidov, Odiljon Abdurahmonov, Xurshid G‘iyosov, Ibrohim Ibragimov, Shahboz Erkinov.
Zaxiradan tushganlar: Sarvar Karimov, Akobir Qayumov, Alisher Azizov, Muhammadodil Qahramonov, Aram Markayarn, Valeriy Akopov, Muhammadali G‘iyosov, Diyor Rahimqulov.
«Neftchi»: Akbar To‘raev, Darko Stanoevich, Shavkat Mullajonov, Tohir Shamsiddinov, Saydullo Rahmatov, Xudoyshukur Sattorov, Azam Aliev, Abdulloh Olimov, Sobit Sindarov, Sherzodbek Karimov, Ulug‘bek Hoshimov.
Zaxiradani tushganlar: Darko Stanoevich (kichigi), Shodiyor Hojimatov, Akmal Shorahmedov, Sarvar Soliev, Abdul Aziz Yusupov, Otabek Zokirov.
Fikrlar