"Bunyodkor" legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 7 fevral, 12:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bunyodkor" Martin Shroler bilan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda klubning matbuot xizmati. 
 
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettirayotgan "qaldirg‘ochlar" safiga xorvatiyalik yarim himoyachi kelib qo‘shildi. 2025 yilgi mavsumni “Bunyodkor” libosida o‘tkazadigan Martin Shroler hujumchi ortida harakat qiladi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli futbolchi  Bosniyaning GOShK klubida umumiy 11 ta bellashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 200 ming evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!