
“Bunyodkor” jamoasi uchun seminar tashkil etildi
Mavsum oldidan futbol klublariga “halol o‘yin” va yangilangan futbol qoidalarini tushuntirish borasida o‘tkazilib kelinayotgan seminarlar davom etmoqda.
Bugun, 29 fevral kuni yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Bunyodkor” jamoasi uchun ham mana shunday seminar tashkil etildi. Unda jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi ishtirok etdi.
Seminarlarni tajribali hakamlar nazoratchisi Jahongir Saidov olib bordi. U o‘z tajribasidan kelib chiqib, seminar qatnashchilariga ma’ruza qildi. O‘z navbatida futbolchilar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan soha mutaxassisiga savollar yo‘llab, qoniqarli javob olishga erishdi.
Avvalroq, ushbu seminarlar hozirga qadar qaysi klublar ishtirokida bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar