
"Bunyodkor" ham Turkiyaga yo‘l oldi
Xabaringiz bor, Ivan Bubalo murabbiyligidagi “Bunyodkor” 6 yanvardan e’tiboran Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelayotgandi.
Bugun esa yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketishdi. Aynan 17 yanvardan boshlab mashg‘ulotlar Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettiriladi.
“Qaldirg‘ochlar” 16 yanvardan 17 yanvarga o‘tar kechasi safarga yo‘l oldi. Antaliyadagi yig‘in 13 fevralga qadar davom etadi. Demak, “Bunyodkor” 13 fevral kuni yakuniga etadigan yig‘in doirasida “FC Szombathelyi Haladás” (Vengriya), “FC Dobrudzha Dobrich” (Bolgariya), “FC LNZ Cherkasy” (Ukraina), “FC Sloga” (Bosniya va Gertsegovina), “FC Arsenal” (Rossiya), “FC Rotor” (Rossiya), “FC Auda” (Latviya) jamoalariga qarshi sinov-nazorat o‘yinida maydonga tushadi.
"Bunyodkor" matbuot xizmati.
Fikrlar