
"Bunyodkor" debyutantga yutqazib qo‘ydi
Superliga ishtirokchilari navbatdagi turga tayyorgarlikni davom ettirmoqdalar. Bo‘lajak bahslargacha hali yana biroz vaqt borligi sababli jamoalar nazorat o‘yinlarini ham tashkil etyaptilar.
Ana shunday uchrashuvlardan biri bugun Toshkentda o‘tkazildi. “Bunyodkor” klubi Superliga debyutanti “Turon”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvda Igor Shkvirin boshchiligidagi “Turon” jamoasining qo‘lib baland keldi – 0:2.
Humoyun Murtazoev hamda Bilolxon Toshmirzaev tomonidan kiritilgan gollarga mezbonlar javob qaytara olmadi.
“Bunyodkor”: Ravshan Yagudin, Farhod Mirahmatov, Davron Ergashev, Dian Talxatov, Ulug‘bek Abdullaev, Lutfulla To‘raev, Sanjar Rashidov, Nurillo To‘xtasinov, Ibrohim Tomiva, Shahboz Erkinov.
“Turon”: Akmal Ortiqov, Jahongir Mehmonov, Vladislav Kasminin, Fozil Musaev, Sunnatilla Abdullajonov, Xumoyun Murtazoev, Sardor Abduraimov, Bilolxon Toshmirzaev, Kim Boyong, Abdulazizxon Abdurashidov, Ixtiyor Toshpo‘latov.
Fikrlar