"Bunyodkor" BAAning “Emireyts” klubi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi (foto)

  • 13 dekabr, 2023, 17:08
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Bunyodkor” o‘z oldiga doimo yuqori maqsadlarni qo‘yib keladi. Murod Aliev klub Bosh direktori lavozimida ish boshlagach, birinchi navbatda Akademiya faoliyati isloh qilinishiga jiddiy e’tibor qaratdi. Murabbiylar malakasini oshirish, yosh iqtidorli o‘yinchilarga alohida urg‘u berib, ularni bosh jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etishini tizimli ravishda ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Kuni kecha “Bunyodkor” futbol klubi Bosh direktor o‘rinbosari Zokirjon Xoliqov BAA davlatiga safar uyushtirib, “Emireyts” futbol klubi va Akademiyasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi va rasmiylar bilan uchrashdi. Aytish kerakki, “Emireyts” BAA Pro ligasi ishtirokchisi hisoblanadi. Jamoa yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibini jahon futbol yulduzi Andreas Inesta bilan kuchaytirdi. Hali ham maydonda javlon urayotgan ispaniyalik yulduz dunyoning bir qator mamlakatlarida o‘z futbol Akademiyasiga asos solgan.

inesta

Zokirjon Xoliqov “Emireyts” futbol klubi direktorlar kengashi raisi Yusuf Abdulloh Al Batran va Andreas Inesta bilan samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda Akademiyalar faoliyati, ish tizimi haqida suhbatlashdi. Shuningdek, “Bunyodkor” Akademiyasi jamoalarini BAAda tashkil etiladigan musobaqalarda qatnashishi to‘g‘risida so‘z bordi. Jumladan, BAA davlatida o‘tkaziladigan bolalar turnirlarida ishtirok etadigan “Bunyodkor” Akademiyasi jamoalari uchun “Emireyts” futbol klubi tomonidan barcha sharoitlar yaratib beriladi. Yusuf Abdulloh Al Batran “Bunyodkor” haqida etarlicha ma’lumotga ega ekanligini ta’kidlab, o‘zbekistonlik futbolchilarga hurmati baland ekanligini ma’lum qildi. Xususan, o‘z vaqtida “Bunyodkor” va “Emireyts” futbol klubida to‘p tepgan Jasur Hasanovni “bizniki” der ekan, nafaqat Akademiya jamoalariga, balki bosh jamoamiz BAAda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazsa, moddiy manfaatlarsiz klubga tegishli maydonlardan foydalanishiga ruxsat berilishini bildirdi.

emira

Suhbat davomida janob Yusuf Abdulloh Al Batran, albatta tez orada O‘zbekistonga tashrif buyurishini hamda “Bunyodkor” futbol klubi bilan yaqindan tanishishini ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!