"Bunyodkor" "Arsenal" va yana 5 ta jamoa bilan nazorat o‘yinlari o‘tkazadi

  • 11 yanvar, 2024, 18:02
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bunyodkor" mashg‘ulotlarni Antaliyada davom ettiradi.

Tecno

Xabaringiz bor, Ivan Bubalo murabbiyligidagi jamoa 6 yanvardan e’tiboran Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmoqda. Kuniga bir mahaldan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar 17 yanvardan boshlab Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettiriladi.

“Qaldirg‘ochlar” 16 yanvardan 17 yanvarga o‘tar kechasi safarga yo‘l oladi. Antaliyadagi yig‘in 13 fevralga qadar davom etadi. Albatta xorij yig‘in doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkaziladi va raqiblar ham ma’lum.

Demak, “Bunyodkor” 13 fevral kuni yakuniga etadigan yig‘in doirasida "Xaladash" (Vengriya), "Dobrudja" (Bolgariya), LNZ (Ukraina), "Sloga" (Bosniya va Gertsegovina), "Arsenal" (Rossiya), "Rotor" (Rossiya), "Auda" (Latviya) jamoalariga qarshi sinov-nazorat o‘yinida maydonga tushadi.

pitya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!