«Bunyodkor-2005» Turkiyadagi musobaqani yirik g‘alaba bilan boshladi

  • 2 aprel, 2019, 15:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Bunyodkor» akademiyasining 2005 yilda tug‘ilgan bolalardan iborat jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida boshlangan «Hane Cup-2019» ishtirok etmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Musobaqaning ilk uchrashuvida Doniyor Usmonov murabbiyligidagi «qaldirg‘ochlar» Marokashning «Morocco football school» jamoasiga qarshi maydonga tushib, yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. «Bunyodkor» sardori Sobir Rishiddinov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

«HANE CUP-2019»

«Morocco football school» (Marokash) - «Bunyodkor» - 0:6

Gollar: Sobir Rishiddinov 2, Temur Baxtiyorov 4, Muhammaddiyor Bahodirov 25, Ramziddin Muhammedov 48, 56, Shoyusuf Erkinov 54

«Bunyodkor»: Ali Erkinov, Abdurahmon Sulaymonov, Asadbek Jamolov, Behruzbek Mahmudov, Diyorjon Tolibjonov, Muzokir Malikov (Ramziddin Muhammedov), Sobir Rishiddinov, Iskandar Soliev (Narimon Ahmadjonov), Temur Baxtiyorov, Doniyor Xayrullaev (Shoyusuf Erkinov), Muhammaddiyor Bahodirov (Sardorbek Shoyimqulov).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!