
Xavi “Barsa”ga mehmonda yutqazmaslikni o‘rgatdi
“Barselona” Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Sevilya” maydonidan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.
Xavi Ernandes o‘tgan yilning noyabr oyida Ronald Kumandan jamoani qabul qilib olganidan beri kataloniyaliklar safar uchrashuvlarida biror marotaba mag‘lub bo‘lgani yo‘q.
Shu tariqa, “Barselona”ning Xavi qo‘l ostidagi bu seriyasi 16 ta uchrashuvga etdi. Bu vaqt mobaynida jamoa raqib maydonida 11 ta uchrashuvda zafar quchgan va besh marotaba durang qayd etgan.
Xavi bosh murabbiyligidagi “Barselona” o‘z maydoni “Kamp Nou”da to‘rt marotaba mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi va bu uchrashuvlarda raqib darvozasiga umuman yo‘l topa olmadi.
Fikrlar