Bundesliganing yana bir klubi maoshlarni kamaytirdi

  • 2 aprel, 2020, 08:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leverkuzenning “Bayer” klubi chempionatda yuzaga kelgan to‘xtalish sabab rahbariyat, murabbiylar va futbolchilar maoshini kamaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

“Bu masala 2 hafta davomida muhokama qilindi va yakunda bir ovozdan ma’qullandi. Koronavirus tufayli yuzaga kelgan qiyinchilik paytida klubga yordam berish uchun futbolchilar o‘z maoshlarining bir qismidan voz kechishga rozi bo‘lishdi”, - deydi jamoa sardori Lars Bender.

Bundan avvalroq, “Bavariya” va “Borussiya” Dortmund klublari ham maoshlarni kamaytirishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!