
Bundesliga uchrashuvlari kamida noyabrgacha muxlislarsiz o‘tkaziladi
Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpanning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sabab muxlislar hali beri stadionlarga kira olmaydi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, futbol ishqibozlari kamida joriy yilning 31 oktyabrgacha stadionlarga qo‘yilmaydi.
“Biz hushyor bo‘lishimiz kerak. Stadionlarga minglab tomoshabinlarning qaytishi yomon belgidir. Tavakkal qilishning hojati yo‘q. Qoidalarga amal qilish pandemiyani engishda hal qiluvchi omil hisoblanadi”, - deb yozadi Shpan o‘z tvitterdagi sahifasida.
Fikrlar