Bundesliga. "Bavariya"ga ikkinchi o‘rin ham nasib qilmasligi mumkin

  • 7 aprel, 2024, 00:09
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliganing 31-tur uchrashuvlari davom etayotgan bir paytda "Bavariya" debyutant "Xaydenxaym"ga kambek evaziga taslim bo‘ldi. Dastlab, Sane va Gnabrilar farqni ikkitaga oshirishgan bo‘lsa, Tim dubl, Sessa esa bitta gol bilan javob qaytarishdi. Bu mag‘lubiyat myunxenliklar uchun mavsumdagi oltinchisi hisoblanadi. So‘nggi marta jamoa 2011/12 yilgi mavsumda 5 marotaba yutqazgan. O‘shanda "Borussiya" turnir g‘olibiga aylangandi. 

Tecno

Borussia Dortmund - 2011-12 German Bundesliga Champions | Borussia  dortmund, Dortmund, Mr perfect

Oradan 12 yil o‘tib "Bavariya" yana chempionlikni topshirmoqda. Ammo bu safar klub ikkinchi o‘rinda qolishi uchun ham kurashishiga to‘g‘ri keladi. Sababi, "Shtutgard" Tomas Tuxel shogirdlari bilan ochkolar sonini tenglashtirib bo‘ldi. Bu turda shtutgartliklar "Borussiya" ustidan g‘alaba qozonib, ochkosini 60 ta etkazdi. Oldinda 7 ta tur bor. Bu ikki klub  32-turda o‘zaro to‘qnash keladi. Shu bilan birga, "Shtutgart" "Bayer" bilan ham bitta o‘yin o‘tkazadi. Jamoani so‘nggi bor aynan Leverkuzen klubi Germaniya kubogida mag‘lubiyatga uchratgan. Shundan beri Sebastyan Xeness shogirdlarini hech kim taslim qila olmayapti. 

Bundesliga » News » VfB Stuttgart muss Tempo im Endspurt erhöhen

Ushbu jamoa tarkibida Toshkentning Olmaliq shahrida tug‘ilgan Valdemar Antonning ham borligi odamni quvontiradi. Himoyachi "Shtutgart"ning sardori hisoblanadi va asosiy futbolchilaridan biridir. Yaqindagina Germaniya terma jamoasida debyutini amalga oshirgan Antonni bir necha top klublar kuzatib bormoqda. U yozgi transferlar oynasida APLga ko‘chib o‘tsa ham, ajablanmang. 

Waldemar Anton: Mehr als nur Abwehrchef beim VfB Stuttgart - Fußball - SWR  Sport

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!