
Bunday sharmandali natija "Barselona" tarixida ilk bor sodir bo‘ldi
"Barselona" EChL chorak final bosqichida "Bavariya"ga imkoniyatni boy bermoqda (2:5, ikkinchi bo‘lim). E’tiborlisi, kataloniyaliklar o‘z tarixida ilk bor EChLda bir taymda 4 ta gol o‘tkazib yuborishdi.
Shuningdek, Kike Seten shogirdlari joriy mavsum birinchi marta evrokubokda o‘z darvozasidan 4 ta gol olib chiqishdi. So‘nggi bor "Liverpul" "Barsa" darvozasiga 4 ta to‘p kiritgan edi.
Bundan tashqari, "ko‘k-anor ranglilar" tarixda ilk bor EChL doirasida bir uchrashuvda 5 ta to‘p o‘tkazib yuborishdi. Qolaversa, "Barselona" birinchi bor EChLda o‘z darvozasidan 8 ta to‘p olib chiqdi.
Fikrlar