
Bundan buyog‘iga Dibala asosiy figura emas
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, “Yuventus” bundan buyon Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirishga asosiy maqsad sifatida qaramaydi. Turin klubi Dushan Vlaxovichni transfer qilganidan keyin Dibalaga jamoaning asosiy figurasi sifatida munosabatda bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, klub rahbariyati “Atletiko”dan ijaraga olingan Alvaro Moratani to‘liq transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, Paulo Dibala yozda boshqa jamoaga o‘tish ehtimoli yuqori. Chunki “Yuventus” argentinalik yulduzning agentlari bilan tez kunlarda tashkillashtirilishi rejalashtirilgan uchrashuvni ham bekor qildi.
Dibala anchadan beri yangi shartnomaning maosh bo‘yicha bandini qabul qilmay kelmoqda. Turinliklar futbolchiga bir mavsum uchun 7 million evrodan oshiq maosh berloqchi emas. Paulo esa 15 million atrofida pul so‘rayapti.
Fikrlar