
Bunaqasi Evropa chempionati tarixida bo‘lmagan!
Tarixda birinchi marta Evropa chempionati o‘yinini boshqa qit’adan kelgan hakam boshqargan bo‘ldi. Gap shundaki, argentinalik bosh hakam Fernando Rapallini “Evro-2020”ning guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Ukraina - Shimoliy Makedoniya uchrashuviga tayinlandi.
Aytish kerakki, aprel oyidayoq Fernando Rapallini UEFA-KONMEBOL almashinuv dasturi bo‘yicha hakamlar ro‘yxatiga kirishi ma’lum qilingan edi.
Ukraina va Shimoliy Makedoniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 17 iyun kuni Buxarestda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18: 00 da boshlagnadi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi turda Ukraina Niderlandiyaga, Shimoliy Makedoniya esa Avstriyaga yutqazib qo‘ydi.
Fikrlar