
Bunaqasi boshqa bo‘lmaydi: Angliyada g‘aroyib rekord qayd etildi
Angliya Premer-ligasining 31-turidan o‘rin olgan “Lester Siti” va “Nyukasl” o‘rtasidagi uchrashuvda g‘aroyib tarixiy natija qayd etildi.
“Qarg‘alar”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bahsning 74-daqiqasida “tulkilar” safida 15 yoshli hujumchi Jeremi Monga zaxiradan maydonga tushdi.
Opta Joe statistika markazining ma’lum qilishicha, aynan mana shu o‘yinchi uchrashuvga qo‘shilishi bilan rekord qayd etildi.
Gap shundaki, Angliya Premer-ligasi tarixida bir uchrashuvda yoshdagi farqi 22 yilu 180 kunni tashkil qilgan ikki futbolchi birga o‘ynadi.
Zaxiradan tushgan Monga 15 yoshu 271 kunlik edi. “Lester”ning tajribali yulduzi Jeymi Vardi o‘yin payti 38 yoshu 91 kunlik bo‘lgan. Shu tariqa, “Lester” futbolchilari mag‘lub bo‘lganiga qaramay, ajoyib rekord bilan faxrlansa arziydi.
Fikrlar