Bunaqasi bo‘lmagan! Ronaldu yana bir tarixiy rekord o‘rnatdi

  • 31 yanvar, 20:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionati doirasida safarda “Ar-Raed” mehmoni bo‘lgan “An-Nasr” jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Bu muvaffaqiyatga bittadan gol va assist muallifi bo‘lgan Krishtianu Ronaldu katta hissa qo‘shdi.

Eng muhimi esa, yaqinda 40 yoshni qarshilaydigan to‘purar yana tarixiy natija qayd etdi. Birinchidan, Ronaldu rasmiy uchrashuvlardagi gollari sonini 921 taga etkazib, o‘ziga tegishli rekordni yana yangiladi.

Krishtianu klublar uchun 786 ta to‘p kiritgan bo‘lsa, Portugaliya terma jamoasi safida raqiblar darvozasini 135 marotaba ishg‘ol qilgan.

Ikkinchidan, portugaliyalik hujumchi jahon futbolida klublar miqyosida 700-g‘alabani nishonlagan birinchi futbolchi sifatida nom qoldirdi.

Ronalduning klublardagi g‘alabalari soni quyidagicha ko‘rinish olgan:

“Sporting”da  — 13 ta g‘alaba

“Manchester Yunayted”da — 214 ta g‘alaba

“Real”da — 316 ta g‘alaba

“Yuventus”da — 91 ta g‘alaba

“An-Nasr”da  — 66 ta g‘alaba.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!