Bunaqasi bo‘lmagan: Fayzullaev beshta hujumchi bor tarkibga kirdi!

  • 15 aprel, 2024, 19:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbolini yoritib kelayotgan “Sovetskiy sport” gazetasi “Rustat” statistika va tahlil platformasi bilan hamkorlikda Rossiya Premer-ligasining 24-turi yakunlari bo‘yicha ramziy terma jamoa tuzib chiqdi.

Tecno

Bu galgi ramziy jamoadan “Sochi”, “Lokomotiv”, TsSKA va “Zenit”dan ikkitadan futbolchi kiritilgan.

Eng qizig‘i, ramziy terma jamoadagilarning besh nafari hujumkor futbolchilardir. Mutaxassislar ramziy terma jamoani tuzishda hali bunaqasi bo‘lmaganini ta’kidlayapti.

24-turning ramziy terma jamoasi bilan tanishing:

Darvozabon: Nikolay Zabolotniy, “Sochi”

Chap qanot himoyachisi: Attiyatulloh, “Sochi”

Markaziy himoyachi: Maksim Osipenko, “Rostov”

Markaziy himoyachi: Straxinya Erakovich, “Zenit”

O‘ng qanot himoyachisi: Ilya Samoshnikov, “Lokomotiv”

Tayanch yarim himoyachi: Daniel Mishkich, “Ural”

Chan qanot vingeri: Abbosbek Fayzullaev, TsSKA

O‘ng qanot vingeri: Aleks Fernandes, “Baltika”

Markaziy hujumkor futbolchi: Maksim Glushenkov, “Lokomotiv”

Markaziy hujumchi: Tamerlan Musaev, TsSKA

Markaziy hujumchi: Mateo Kasserra, “Zenit”.

SOVSPORT.RU  sayti eksperti Nikita Korneev Abbosbek Fpyzullaevning o‘yinini quyidagicha baholadi.

- Abbosbek Fayzullaev “RJD Arena” mezbonlik qilgan poytaxt derbisining eng yaxshi o‘yinchilaridan bo‘ldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi uchrashuv davomida Tamerlan Musaevga golli pas uzatdi. Abbos uchta xavfli pasberdi, jarima maydonchasiga ichiga 12  marta to‘p uzatdi, raqib darvozasiga to‘rt marotaba zarba berdi, to‘rtta fol ishladi va maydonda yorqin o‘yini bilan ajralib turdi, - deb yozdi  Nikita Korneev.

Darhaqiqat, Abbosbek Fayzullaev “armiyachilar”ning uchala golida bevosita ishtirok etib, TsSKAni alamli mag‘lubiyatdan qutqarib qolishga katta hissa qo‘shdi. Legionerimiz birinchi golda Tamerlan Musaevga golli pas berdi. “Armiyachilar”ning ikkinchi to‘pi Abbosbekning kuchli zarbasidan keyin kiritildi. Bu vaziyatda darvozabondan qaytgan to‘pni Anton Zabalotniy darvozaga joyladi.

Hisobni tenglashtirgan uchinchi gol Abbosbek Fayzullaev burchak to‘pini raqib jarima maydonchasiga qulay etkazib berishi natijasida kirtildi.

TsSKA navbatdagi uchrashuvini 20 aprel kuni o‘z maydonida “Axmat” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

“Inter” Shomurodovning super goliga munosabat bildirdi

Fayzullaev kuchli ligaga ketadi!

Masharipov chempion bo‘ladimi yoki O‘runov?

Husanov g‘alabani ta’minladi, unga to‘qnash kelganlar devorga urilgandek bo‘ldi!

Husanov eng zo‘rlar qatorida “Golden Boy – 2024” sovriniga da’vogar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!