Bunaqasi bo‘lmagan: “Barsa” olti hujumchi bilan o‘ynaydi

  • 1 iyul, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yangi mavsum uchun jamoa tarkibini shakllantirish bilan band.

Tecno

Germaniyalik mutaxassis rejasiga ko‘ra, jamoaning hujum chizig‘i to‘liq shakllanishi uchun unda olti nafar hujumkor futbolchi to‘p tepishi shart.

Yozgi transferlar vaqtida oldingi chiziq vakillaridan Ansu Fati va Pau Viktor jamoani tark etishi kutilyapti. Ulardan bo‘shaydigan o‘ringa “Atletik” yulduzi Niko Uilyams kelishi kutilmoqda.

Ayni paytda Nikoning kelishini inobatga olgan holda, jamoada yana to‘rt nafar hujum qila oladigan o‘yinchi bor. Bular to‘purar Robert Levandovski, Laminya Yamal, Ferran Torres va Rafinya.

Kataloniyaliklar oltinchi hujumchi sifatida “Manchester Yunayted”dan ketishi talab etilayotgan Markus Reshfordni olib kelmoqchi. Flikka 27 yoshli angliyalik futbolchining universal hujumchi ekani ma’qul kelgan. Reshfordning o‘zi ham anchadan beri “Barselona”da o‘ynashni istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!