
Bunaqada Zidan “Real”ni boshqarishga ko‘nmaydi!
“Real” xo‘jayinlari bosh murabbiy Karlo Anchelotti iste’foga chiqarilgan taqdirda jamoani qaysi mutaxassisga topshirish borasida bosh qotirmoqda.
Cadena SER nashrining ma’lum qilishicha, klub rahbariyati jamoani doimiy tarzda Xabi Alonso boshqarishini istayapti. Lekin ispaniyalik mutaxassis mavsumning o‘rtasida “Bayer”ni tashlab, “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tmaydi. Uni kamida yozgacha kutish kerak.
Bu jarayon davomida “Real”ni vaqtincha boshqarib turadigan mutaxassis kerak. Hozircha, uch nafar nomzod tanladi. Bular “Real” direktori Santyago Solari, yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Raul Gonsales va ishsiz yurgan Zinedin Zidan.
Mabaning ta’kidlashicha, Zidan “Real”ni vaqtichalik boshqarish taklifini qabul qilmaydi. Agar klub Xabi Alonsoni olib kelish fikridan qaytsa, frantsiyalik mutaxassis uchinchi bor jamoa bilan bosh murabbiy sifatida doimiy ishlashga tayyorligini bildirgan.
Fikrlar