Bunaqada sen hech qachon “Chelsi”da o‘ynolmaysan!

  • 2 sentabr, 2022, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” barziliyalik legioneri Robert Kenedini Ispaniyaga sotib jo‘natdi.

Tecno

26 yoshli futbolchi “Real Valyadolid” jamoasiga sotib yuborildi. Biroq, transfer summasi e’lon qilingani yo‘q.

“Aristokratlar” ancha iste’doli sanalgan Kenedini 2015 yili “Fluminense” jamoasidan 8 million evroga sotib olgan edi. Biroq, shuncha vaqt o‘tsa ham, braziliyalik futbolchi talab darajasida o‘yin ko‘rsatmadi. U “Chelsi” libosida bor yo‘g‘i 30 marotaba maydonga tushdi.

Natijada u har mavsum ijaraga jo‘natilib, “Uotford”, “Nyukasl”, “Xetafe”, “Granada”, “Flamengo” kabi jamoalarda to‘p tepdi.

“Real Valyadolid” braziliyalik hujumkor futbolchi bilan 2027 yilning yozigacha shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!