Bunaqa natija Messining faoliyatida so‘nggi 6 yilda ilk bor kuzatilmoqda

  • 15 fevral, 2020, 22:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Ispaniya La Ligasining 24-turida “Barselona” o‘z maydonida “Xetafe”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Afsuski, kataloniyaliklar forvardi Lionel Messi bu o‘yinda ham maydonni golsiz tark etdi. Shu tariqa argentinali yulduzning La Ligadagi golsiz seriyasi 4 ta o‘yinga etdi.

Ispaniyalik jurnalist Pedro Martinning yozishicha bunday holat Messining faoliyatida so‘nggi 6 mavsumdan buyon ilk bor kuzatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi bundan avval «Betis» (3:2), «Levante» (2:1) va «Valensiya»ga (0:2) qarshi o‘yinlarda ham gol ura olmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!