
BUM! "Nasaf" sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqda
O‘tgan mavsumni Qozog‘istonning "Ordabasi" jamoasida o‘tkazgan O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Bobir Abdixoliqov faoliyatini O‘zbekistonda davom ettiradi. Sports.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram kanalida xabar berishicha, 26 yoshli forvard "Nasaf"ga qaytmoqda.
"Bobir Abduxoliqov va’dasida turdi. U "Nasaf" bilan kontrakt imzoladi. Yangi mavsumda "ajdarlar"da Marushich / Abduxoliqov tandemini ko‘ramiz.
Osiyo kubogida bo‘lib turgan futbolchi ortga "Nasaf" a’zosi bo‘lib qaytadi", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Abdixoliqov o‘tgan mavsumda "Ordabasi" bilan Qozog‘iston chempionatida g‘olib bo‘ldi va kubok finaliga qadar etib bordi.
Fikrlar