
Xavi: Bu ikkisi bizdan zo‘r!
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes kataloniyaliklar safida porlayotgan yosh o‘yinchilar haqida fikr bildirdi.
- Pedri va Gavi 20 yil avvalgi men bilan Inestadan kuchli. Ular hozirning o‘zida muhim rol o‘ynayapti.
Ansu Fatiga kelsak, u mavsumning ikkinchi yarmida asosiy vazifalardan birini bajaradi. Biz uni asta-sekin o‘yinga kirishib olishiga imkon berdik. Lekin chempionatning qolgan qismida unga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi, - dedi Xavi Ernandes.
20 yoshli Pedri joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta to‘p yozdirib qo‘ydi.
18 yoshli Gavi esa, La Ligada o‘n to‘rtta o‘yinchida bitta assist qayd etdi. 20 yoshli Ansu Fati 14 ta bahsda uchtadan gol va assist qayd etdi.
Fikrlar