
Bugungi bahsda Mbappe maydonga tushadimi? Anchelotti javob berdi
Karlo Anchelotti Kilian Mbappe UEFA Superkubogi uchrashuvida maydonga tushishga tayyorligini aytdi.
- Bizda tayyorgarlik uchun ko‘p vaqt bo‘lmadi, lekin biz ajoyib formadamiz, Mbappe ham. U Madridga yaxshi holatda etib keldi va darhol jamoaga moslashdi.
U hamma kabi o‘ynashga tayyor. Kelganidan beri u qobiliyatlarini namoyon etdi, - dedi "Los-Blankos" bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, Madridning "Real" klubi bugun Varshavada "Atalanta"ga qarshi UEFA Superkubogi uchun bahs olib boradi.
Fikrlar