
Bugungi "Arsenal" - "Manchester Siti" o‘yinini kim sharhlaydi?
Bugun Angliya Premer-ligasi 25-turining markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Peshqadam va chempionlik uchun asosiy da’vogar "Manchester Siti" Londonda "Arsenal" mehmoni bo‘ladi. Ushbu bahs oldidan taniqlik sharhlovchi Davron Fayziev o‘z "Telegram" kanalida prevyu berib o‘tdi.
"Hozirgi kunda "Manchester Siti" Evropaning eng kuchli klubi. Bu gap Mikel Artetaga tegishli. Kechagi matbuot anjumanida aytdi. Murabbiylik faoliyatini boshlagan klubga hurmat yoki sobiq shefiga e’tibor bo‘lishi mumkin. Ammo o‘ylab qarasak, natijalar ham shunga ishora etmoqda: ketma-ket g‘alabalar. Kuchli raqiblar bilan. Dominantlik. Eng kuchli ligada etakchilik.
"Arsenal" nima taklif qila oladi? Barcha turnirlarda so‘ngi 5 o‘yinda 1 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat va shuncha durang. Shu joyda Mikel Arteta faktori yagona umid bo‘la oladi. U "Man Siti" tizimini, butun tarkib imkoniyatini, Gvardiola o‘yinlarini juda juda yaxshi biladi. Bilim esa kuch. Arteta ustozini yaxshiroq o‘rgangan. Pep u payt bo‘lajak raqobat haqida o‘ylamagan. Shu bilan birga shogird uchun taqiqlangan yopiq eshiklar ham bo‘lgan",-deya yozib qoldirdi.
Fikrlar