Bugun yilning eng yaxshilari aniqlanadi

  • 17 dekabr, 2020, 18:00
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga taqdim etiladigan "The best" sovrinini topshiriladi. Shuningdek, yana bir necha nominatsiya bo‘yicha eng kuchlilar saralanadi.

Tecno

Erkaklar o‘rtasida yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun "Bavariya"dan Robert Levandovski, "Yuventus"dan Krishtianu Ronaldu va "Barselona"dan Lionel Messi nomzod sifatida ko‘rsatilmoqda.

Shu yo‘nalish bo‘yicha ayollar o‘rtasida Lyusi Bronz ("Manchester Siti"), Pernilla Xarder ("Chelsi") hamda Vendi Renar ("Lion") g‘oliblik uchun kurashadi.

Yilning eng zo‘r murabbiyligi uchun da’vogarlar qatorida Marselo Belsa ("Lids Yunayted"), Xans-Diter Flik ("Bavariya") va Yurgen Klopp ("Liverpul") e’tirof etilyapti.

Ayollar futboli murabbiylari orasida eng yaxshi bo‘lish uchun "Chelsi"dan Emma Xayes, "Lion" ustozi Jan-Lyuk Vasser hamda Niderlandiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Sarina Vigman kurash olib boradi.

Yilning eng yaxshi darvozaboni nomiga Manuel Noyer ("Bavariya"), Alisson Bekker ("Liverpul") va Yan Oblak ("Atletiko") kurashadi.

Xuddi shu nom uchun ayollardan "Lion" darvozaboni Sara Buaddi, PSJ vakili Kristiana Endler hamda "Chikago Red Stars" posboni Alissa Nixer kurashadi.

Shuningdek, 2020 yilning eng chiroyli goli uchun Luis Suaresning "Barselona" safidagi "Malorka"ga urgan goli, "Tottenxem" vingeri Son Xyon Minning "Byornli" darvozasiga urgan goli hamda "Flamengo" xavbeki Jordian de Arraskaeta tomonidan "Searoy"ga qarshi o‘yinda yo‘llagan aniq zarbasi nomzod qilib ko‘rsatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!