Bugun Yaxshiboev jamoasi Polsha Kubogi chorak finalida o‘ynaydi

  • 3 mart, 2021, 10:40
  • Abdullajon .
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:30 dan boshlab Polsha Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan yana 2 bahsga start beriladi. Unda  Jasur Yaxshiboev to‘p suruvchi Varshavaning "Legiya" klubi "Pyast Glivitse" klubini o‘z uyida qabul qiladi.

Tecno

Hozircha, Yaxshiboevni ichki chempionatda sinab ko‘rishga shoshilmayotgan bosh murabbiy Mixnevich Cheslav uni bugungi kubok bahsida maydonga tushirishi mumkin, deya ko‘plab sport nashrlari taxmin qilayotan edi. Biroq yakunda unday bo‘lmasligi oshkor bo‘ldi, sababi "Legiya" haligacha Jasurni Kubok bahslari ishtiroki uchun ro‘yxatdan o‘tkazmagan ekan. Shunday qilib, bugungi bahsda ham biz o‘zbek o‘g‘lonini maydonda ko‘rmaymiz.

Yaxshi yangilik ham yo‘q emas - agar varshavaliklar bugungi bahsni yutib, yarim finalga yo‘l oladigan bo‘lsa, keyingi bahslar uchun Yaxshiboevni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin ekan. Demak, o‘yinni qiziqib tomosha qilishga etarlicha sababimiz bor ekan. Kuzatamiz, 00:30 da Varshava bizni chorlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!