Bugun “Turon” futbol klubi tashkil topganiga 6 yil to‘ldi!
Barchangizga ma’lum, 2017 yil 5 may kuni Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanining Yaypan shahrida “Turon” professional futbol klubiga asos solingan. Ortda qolgan yillar davomida klub qator yutuq va g‘alabalarga erishdi, turli musobaqalarda o‘z tajribasini tobora mustahkamlab bormoqda.
Xususan:
- “Navro‘z” kubogi sohibi va Farg‘ona viloyati 2-ligasi g‘olibi (2018);
- Pro-liga “B” guruhi Sharq mintaqasi chempioni va o‘tish o‘yinlari g‘olibi (2019);
- Pro-liga chempioni (2020);
- O‘zbekiston Superligasi ishtirokchisi (2021);
- Superligaga o‘tish o‘yinlari g‘olibi (2022);
“Turon” PFK ma’muriyati klub tizimida samarali mehnat qilib, erishilgan yutuq va g‘alabalarga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan murabbiylar shtabi va ishchi-xodimlarga, jamoa futbolchilariga, shuningdek jonkuyar muxlislarni bugungi sana bilan qutlagan xolda o‘z minnatdorchiligini izhor qiladi", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.



Fikrlar