
Bugun Superliga yangi mavsumiga qur’a tashlanadi
O‘zbekistonda yangi mavsum boshlanmoqda. Bugun Superliga-2022ga qur’a tashlanadi.
Qur’a tashlash marosimi "Sport" telekanalida bo‘lib o‘tadi. Jarayon 21:30da jonli efirda namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Superliga-2022da 14 jamoa ishtirok etadi. Pro ligadan "Neftchi", "Dinamo" va "Olimpik" Superligaga chiqqan. O‘tgan mavsum yuqori divizionda ishtirok etgan "Turon", "Andijon" hamda "Mash’al" quyi ligaga tushib ketgandi.
Fikrlar