Bugun Superliga va Pro liga hakamlari uchun seminar tashkillashtirildi

  • 11 oktabr, 2023, 21:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi majlislar zalida Superliga va Pro liga hakamlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Seminarni o‘ziga xos tanqidiy ruhda boshlandi va instruktorlar o‘z nutqlari davomida mamlakatimizda futbol rivojlanayotgani, shu bilan birgalikda, uning rivojlanishida hakamlik alohida o‘rin tutishi, bu borada hakamlardan har o‘yinga yuqori tayyorgarlik ko‘rish kerakligi va har bir hakam muntazam ravishda ishiga nisbatan jiddiy yondashishi lozimligiga urg‘u berishdi.

Seminar davomida tajribali ekspertlar tomonidan tayyorlangan videoroliklar yordamida joriy yilgi Superliga bahslarida qayd etilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Yakkakurashlar vaqtidagi keskin vaziyatlarni o‘rganish, jarima maydonchasi ichidagi qoida buzilishlari, o‘yindan tashqari holatlar, qoidabuzarliklar darajasini aniqlash va shunga ko‘ra jazo turlarini belgilash borasida tahliliy fikrlar aytildi.

Bundan tashqari, o‘yin vaqtida futbolchilarning o‘zaro hamda hakamga nisbatan munosabatlari, FIFA tomonidan yangilangan futbol qoidalari bo‘yicha tushuncha berildi.

hakam1

Seminar so‘ngida hakamlarimiz ishtirokida jismoniy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, yordamchi hakamlarga muammoli vaziyatlarda qanday chora ko‘rish kerakligi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘zFHM matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!