
Bugun "Stranja" turnirida 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi
Bolgariyaning Sofiya shahrida “Stranja” xalqaro turniri davom etayotganidan xabaringiz bor, mazkur turnirning uchinchi kunida yana bir qator yurtdoshlarimiz o‘z janglarini o‘tkazadi.
Jumladan, Bobousmon Boturov armanistonlik Gurgen Madoyanga qarshi ringga ko‘tarilsa, 60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Rayhona Qodirova mezbonlar vakilasi Aslaxon Mexmedovaga qarshi jang qiladi. 63 kg vaznda ikki jangda g‘alaba qozongan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev braziliyalik Vanderson Oliyvera bilan kuch sinashadi.
Shuningdek, Dilshodbek Ro‘zmetov ham bolgariyalik Kristan Nikolovga qarshi bahs yuritsa, eng og‘ir vazn toifasidagi Bahodir Jalolov frantsiyalik Murad Alievni sinovdan o‘tkazadi.
Mazkur janglarda yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
"Stranja" turniri davom etmoqda. Dilshodbek Ro‘zmetov Armaniston vakiliga qarshi ringga ko‘tarildi
"Stranja” turnirida Mirazizbek Mirzahalilov hamda Bobousmon Baturov o‘z janglarini o‘tkazdi
Bugun Ukrainadagi turnirda bir qator o‘zbekistonlik bokschilar bahslarga kirishadi
Fikrlar