
Bugun Shomurodov jamoasi debyutant maydoniga safar qiladi
Kecha Italiya A Seriyasi 13-turiga start berildi. Bugun davom ettiriladigan tur bellashuvlari doirasida hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi "Benevento" maydoniga tashrif buyuradi.
Genuyaliklar turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Filippo Inzagi shogirdlari 15-pog‘onani band etgan. Ushbu bahsda legionerimiz maydonga tushishi ehtimoli mavjud. Shomurodov o‘yin qaydnomasidan o‘rin olib, jamoa bilan birga Benevento shahriga yo‘l olgan.
Fikrlar