
Bugun Rossiyada o‘zbek derbisi bo‘ladi
Bugun Rossiya premer-ligasining 24-turida “Orenburg” o‘z maydonida “Rostov”ni qabul qiladi.
Biz uchun ahamiyatlisi ikkala jamoa safida ham o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surishadi. Orenburgliklar tarkibida yarim himoyachi Vadim Afonin, rostovliklar safida esa hujumchi Eldor Shomurodovlar munosib o‘yin ko‘rsatib kelishmoqda. Umid qilamizki bugun Rossiyada o‘zbek derbisining guvohi bo‘lamiz.
Ma’lumot uchun, “Orenburg” – “Rostov” o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Fikrlar