Bugun Qozog‘iston Premer-ligasidagi ikki futbolchimiz o‘z o‘yinini o‘tkazadi
Bugun Qozog‘iston chempionatida 7-tur o‘yinlariga yakun yasaladi.
Odilbek Abdumajidov harakat qilayotgan "Ordabasi" o‘z maydonida "Qiziljar"ni mehmon qiladi. Ushbu bellashuv bizning vaqt bilan soat 16:00 da start olishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, chempionlik uchun kurashayotgan "Qayrat" Almatida "Turon"ga qarshi bahs o‘tkazadi. O‘yin 18:00 da boshlanadi. Yaxshi bilasiz, bu klub safida Jasur Jaloliddinov o‘ynaydi.



Fikrlar