
Bugun professional bokschilarimiz Mirzakamol Ne’matov va Bahromjon Fozilov navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Boks oqshomini qanday tomosha qilish mumkin? (havola)
Professional boksda o‘z faoliyatlarini davom ettirayotgan bokschilarimiz Mirzakamol Ne’matov hamda Bahromjon Fozilov bugun Armaniston poytaxti Erevan shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi.
O‘rta vazn toifasida WBA Asia kamari egasi bo‘lgan Bahromjon Fozilov tanzaniyalik Nkululeko Mhlengoga qarshi jang olib borishi kerak edi. Ammo raqib viza bilan bog‘liq muammolar sababli jang manziliga etib kela olmadi. Fozilovga esa boshqa bir tajribali bokschi Dmitriy Mikhaylenko raqiblik qiladi.
Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA Asia East kamari egasi bo‘lgan Mirzakamol Ne’matov esa rossiyalik Aslanbek Kozaev bilan jang o‘tkazadi.
Ushbu professional boks oqshomi Toshkent vaqti bilan soat 22:55 dan boshlab Rossiyaning Boets TV kanalida jonli namoyish etiladi.
Fikrlar