Bugun Portugaliya Evrodagi yurishini boshlaydi (prevyu)

  • 18 iyun, 2024, 08:34
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Portugaliya va Chexiya Evropa chempionatida yana bir bor to‘qnash kelishadi. Tomonlar shu paytgacha 1996, 2008 va 2012 yillarda aynan shu turnirda bir-biriga qarshi o‘ynashgan.

Portugaliya so‘nggi ettita Evro chempionatining har birida pley-offga yo‘l olgan yagona jamoa bo‘lib qolmoqda. Bu safar ularni Roberto Martines boshqaradi, u bosh murabbiy sifatida o‘zining to‘rtinchi yirik xalqaro turnirida ishlamoqda, lekin Portugaliya bilan birinchisidir. 50 yoshli mutaxassis Belgiya terma jamoasini "JCh-2018"da uchinchi o‘ringa, "Evro-2020"da esa chorak finalga olib chiqdi, keyin esa uning shogirdlari 2022 Mundialning guruh bosqichida qolib ketishdi.

Bu Krishtianu Ronalduning oltinchi Evrosi bo‘lib, bugun u katta ehtimol bilan Evroda o‘z rekordini 25 ta o‘yinga etkazib qo‘yadi. Shuningdek, hujumchi eng ko‘p gol (14) va eng ko‘p golli uzatma (6 - 1972 yildan beri) amalga oshirgan futbolchi bo‘lib turibdi. Krishtiauni so‘nggi chempionatida bir nechta rekordlarni yangilashi ehtimoli yo‘q emas. 

Portugaliya saralashdan juda yaxshi o‘tib oldi. Jamoa umuman mag‘lubiyatga uchramagan holda guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Marties qo‘l ostida portugallar mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi, lekin o‘rtoqlik uchrashuvlarida Sloveniya va Xorvatiya Roberto shogirdlarini mag‘lub etishdi. 

Portugal 3-2 Slovakia: Cristiano Ronaldo at the double as Roberto  Martinez's side seal Euro 2024 qualification - Eurosport

Chexiyada yaqindagina murabbiy o‘zgargan. Bu esa futbolchilarga ta’sir qilishi mumkin, lekin Ivan boshqaruvni qo‘lga olganidan keyin chexiyaliklar faqat g‘alaba qozonmoqda. Raqiblar Armeniya, Malta va Makedoniya ekanligini ham hisobga olish kerak. Chexiya saralash bosqichidan himoyasi bilan ajralib turdi. Jamoa sakkizta o‘yinda raqiblariga bor-yo‘g‘i 5,1 xG va 20 ta zarba berishga yo‘l qo‘ydi xolos. Tarkibida esa Shik, Souchek, Tsoufal kabi futbolchilari ham borligini hisobga zarur.

Czech Republic Euro 2024 squad: Who is Ivan Hasek bringing to Germany? |  Goal.com 

Bu Portugaliya va Chexiya o‘rtasidagi 1996 yildan buyon to‘rtinchi Evro chempionati uchrashuvi bo‘ladi. 1996 yilda Chexiya Portugaliya bilan birinchi o‘yinda g‘alaba qozongan (1:0), so‘nggi ikki bahsda Ronaldu va uning do‘stlarining qo‘li baland keldi (2008 yilda 3:1, 2012 yilda 1:0). Portugaliya Chexiyaga qarshi o‘tkazgan so‘nggi to‘rtta o‘yinning har birida g‘alaba qozonib, 10 ta gol urdi va bitta gol o‘tkazib yubordi. Oxirgi uchta o‘yinda ular o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishdi.

Euro 2012: Ronaldo Leads Portugal Past Czech Republic - The New York Times

Taxminiy tarkiblar

Portugaliya: Koshta, Kanselu, Pepe, Dias, Mendesh, Palinya, Vitinya, Fernandesh, Leau, Ronaldu va Silva.

Chexiya: Stanek, Xolesh, Granach, Soufal, Souchek, Provod, Barak, Jurasek, Kuchta va Shik.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!