
Bugun Oston O‘runov uchun jiddiy sinov
Bugun Rossiya premer-ligasi 16-turidan o‘rin olgan "Ufa" - "Spartak" bahsi bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Bu uchrashuv hamyurtimiz Oston O‘runov uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki O‘runov "Ufa"dan "Spartak" klubiga yo‘l olgandi. Biroq Oston moskvaliklar safida o‘zini ko‘rsata olmadi. Natijada, u ortga qaytdi.
“Ufa” O‘runovni “Spartak”dan mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Ularda o‘zbekistonlik yarim himoyachi transferini to‘liq sotib olish huquqi bor.
"Spartak" joriy mavsum 15 turda 19 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. "Ufa" esa shuncha o‘yinda 15 ochko jamg‘arib, 12-pog‘onani band etgan. O‘runnov bu mavsum "Ufa" safida 6 ta bellashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar