
Bugun Olmaliqda "Al-Ittihod"ni, Qarshida "Al Faysaliy"ni mehmon qilamiz!
Osiyo chempionlar ligasining muhim pallasi yaqinlashmoqda. 5-turdan keyin ko‘plab jamoalar pley-off masalasini hal qiladi. Shuningdek, ushbu turda ko‘plab yulduzlar O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
OKMK o‘z maydonida "Al-Ittihod"ni qabul qiladi. Mehmonlar Toshkentga etib kelgan va mashg‘ulotlar ham o‘tadi. Ushbu bahs soat 21:00da start oladi.
Ma’lumot uchun, OKMK guruhda 0 ochko bilan 4-o‘ringa joylashgan. "Al-Ittihod" esa 9 ochko to‘plagan holda peshqadam bo‘lib turibdi.
"Nasaf" 5-turda "Al-Faysaliy"ga qarshi o‘ynaydi. BAA klubi ham Qarshiga etib kelgan. Mazkur to‘qnashuv esa 19:00 da boshlanadi.
Ilk o‘yin 0:1 hisobida "ajdarlar" hisobida hal bo‘lgandi. O‘sha bahsning so‘nggi daqiqalarida gol urib ketgan Abdirahmatovni mehmonlar bosh murabbiy ham ta’kidlab o‘tdi.
Fikrlar