
Bugun legionerimiz "Ozodiy"da debyut qilishi mumkin
Bugun Eron Pro-ligasi 17-turidan o‘rin olgan o‘yinlar o‘tkaziladi.
Turnir jadvali peshqadami "Istiqlol" tarkibiga ko‘chib o‘tgan Aziz Amonov debyutini amalga oshirishi mumkin. Tehronliklar o‘z maydonida "Zob Axan" jamoasini qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 20:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Mazkur o‘yin oldidan "Istiqlol" 38 ochko bilan birinchi pog‘onani egallab turgan bo‘lsa, isfaxonliklar 11-o‘rinda joylashgan. Ular hisobida 18 ochko bor.
Fikrlar