Bugun klublarimiz uchun oxirgi imkoniyat

  • 26 fevral, 2022, 08:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2021 yilning 6 dekabridan O‘zbekistonda qishki transfer oynasi ochilgandi. Bugun ushbu jarayon yakunlanadi. 

Tecno

“2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”da transfer oynasi davomida Superliga futbol klublari faqatgina 10 nafar yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

Limitdan tashqari holatda futbol klublari 2021 yilgi mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan ayrim futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirishlari yoki o‘zlarining U-18 jamoalaridan cheklanmagan miqdorda yosh iqtidorlarni asosiy jamoaga taklif etishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, 2000 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilar bilan yangi shartnomalar ham limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Demak, 26 fevral - bugun O‘zbekistonda qishki transfer oynasining oxirgi kuni!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!