
Bugun Jiru uchun muhim kun!
Frantsiyalik tajribali hujumchi Olive Jiru “Milan” bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytiradi.
Jurnalist Janluka Di Martsioning xabariga ko‘ra, hujumchi bugun "Milan" bilan 2024 yilning iyunigacha tuzilgan yangi shartnomani imzolaydi. Aytish kerakki, futbolchi va klub o‘rtasidagi muzokaralar bir necha hafta davom etdi.
Jiruning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli futbolchi joriy mavsum “rossonerilar” safida barcha turnirlarda jami 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar