
Bugun Jasur Yaxshiboevning yangi jamoasi o‘ynaydi
Bugun Polsha chempionati 17-turdan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘tkaziladi. Ular orasida kecha transferi e’lon qilingan Jasur Yaxshiboevning yangi jamoasi "Legiya" ham o‘ynaydi. Hamyurtimiz faoliyat yuritadigan jamoa safarda "Yagelloniya" bilan kuch sinashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.
"Legiya" ayni payt turnir jadvalida 32 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Ularning bugungi raqibi esa 23 ochko jamg‘argan holda 8-pog‘onani band etgan.
Fikrlar