Bugun Istomin 1/8 final chiptasi uchun kortga chiqadi

  • 2 fevral, 2021, 13:23
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Denis Istomin Frantsiyadagi turnirda ishtirok etmoqda. Avvalroq "Open Quimper Bretagne" turnirining 1/8 final bosqichida mezbonlar vakili Konstan Lestendan mag‘lub bo‘lgandi.

Tecno

Hamyurtimiz bu safar "Open Quimper Bretagne II"da qatnashmoqda. U bugun germaniyalik Tobias Kamkega qarshi kortga chiqadi. G‘olib tomon 1/8 final chiptasiga ega chiqadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!