
Bugun Ilhom Mo‘minjonovni "Neftchi" bosh murabbiyi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda
Avvalroq Ilhom Mo‘minjonovning “Neftchi” klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlashi xabar berilgandi. Faqat u paytda hali rasmiy kuchga ega emasdi.
Yaxshi bilasiz, Mo‘minjonovda diskvalifikatsiya mavjud bo‘lib, uning yakuniy muddati 2020 yilning 31 dekabr kunigacha amal qilardi. Kechadan boshlab, Ilhom Ibragimovichning diskvalifikatsiya muddati o‘z kuchini yo‘qotdi. Shu sababli, u yana murabbiylik faoliyatiga qaytish huquqiga ega.
Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, murabbiy Farg‘onaga etib kelgan va bugun “Neftchi” bosh murabbiyi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda. Bu masala bo‘yicha jamoa boshlig‘i sports.uz muxbiriga ushbu xabarni tasdiqlagan holda Mo‘minjonovni tanishtirish marosimi o‘tkazilishini aytdi.
Fikrlar