
Bugun ikki bokschi qizimiz jahon chempionati finalida jang qiladi
Bugun Polshaning Keltse shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida final janglari o‘tkaziladi.
Kun davomida qizlar o‘rtasidagi final bellashuvlari tashkil etiladi. Yigitlar o‘rtasidagi hal qiluvchi janglar esa ertaga o‘tkaziladi.
E’tiborlisi, bugun kun davomida ikki nafar bokschi qizimiz JCh oltin medali uchun ringga ko‘tariladi:
-54 kg: Nigina O‘ktamova - Kristina Lakichuk (Ukraina) (19:30)
-64 kg: Mohinabonu Abdullaeva - Azaliya Amineva (Rossiya) (20:15)
Bokschi qizlarimizga ushbu jangda omad tilab qolamiz!
JANGLARNI TOMOShA QILISh UChUN LINK: https://youtu.be/sXwOBghZBkk
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar