Bugun Germaniyada "Freestyle Chess-2025" start oladi

  • 7 fevral, 10:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, bugun Germaniyaning Vaysenxaus shahrida "Freestyle Chess-2025" turniri start oladi. 

Unda hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bilan bahslarga kirishadi. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 750 ming dollarni tashkil qiladi. Turnir 7-17 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Formati esa davra bosqichi. Aylana tizimda bir shaxmatchi qolgan hamma ishtirokchilar bilan rapid formatida bellashadi va TOP-8 ishtirokchilar pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Pley-off bosqichida har bir match ikki klassik partiyadan iborat bo‘ladi. Agar 2 match natijasiga ko‘ra hisob teng bo‘lsa, g‘olib taybrekda aniqlanadi. Vaqt nazorati: 90 daqiqa + har bir yurishga 30 soniya (90+30). 

Turnir tarkibi bilan tanishing:

Javohir Sindarov
Nodirbek Abdusattorov
Magnus Karlsen
Levon Aronian 
Vintsent Keymer
Gukesh Dommaraju
Fabiano Karuana
Hikaru Nakamura
Alireza Firouzja
Vladimir Fedoseev

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!