
Bugun Frantsiyada chempion nomi ma’lum bo‘lishi mumkin
Bugun PSJ Frantsiya chempionatining 28-tur qoldirilgan bahsida “Nant”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Agar, parijliklar ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonishcha, muddatidan avval chempionlikni tantana qilishlari mumkin. Boisi, chempionat yakuniga 6ta tur qoldi. Bugungi g‘alabadan so‘ng esa Tomas Tuxel shogirdlarining ochkolarini 84taga etkazadi. Shunda ular ikkinchi o‘rinda borayotgan “Lill”dan 20 ochkoga ilgarilab ketishadi. Natijada “Lill” qolgan 6ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan taqdirda va PSJ barcha o‘yinlarda imkoniyatni boy bergan taqdirda ham birinchi o‘ringa ko‘tarila olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Nant” – PSJ uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.
Fikrlar